17:24 / 02.03.2016
11029

Sher, yo‘lbars va ayiqning do‘stligi haqida

Amerikaning “Noyev kovcheg” jonivorlar boshpanasidagi sher, yo‘lbars va ayiqning do‘stligi haqida OAV yana bong ura boshladi.
Do‘st tutingan “aka-uka” yirtqichlarni Britaniyaning Daily Mail gazetasi eng g‘aroyib oila deb atadi.

Amerika qora ayig‘i Balu, Afrika sheri Leo va Bengal yo‘lbarsi Sherxon 15 yildan buyon birga, ular Jorjiyaning jonivorlar uchun boshpanasi "Noyev kovcheg”da istiqomat qilishadi.

2001 yil narkotikaga qarshi operatsiya paytida Atlantadagi uyning yerto‘lasida tutib olinganda, jonivorlarning hammasi bir yoshga ham yetmagan edi. O‘sha paytda “bolalar”ning ahvoli yomon bo‘lgan. Hatto Balu jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan. Operatsiya paytidagi bu qisqa muddatli ayriliq Leo va Sherxon salbiy ta'sir etgan. Shundan buyon ular ajralishmagan.

“Noyeva kovchega” xodimlari ularni yovvoyi tabiatda yashab ketishlariga ishonmaganlari uchun ularni ozodlikka qo‘yib yubormaganlar.

Top