15:10 / 03.03.2016
3846

Amerika xakerlariga Pentagon saytlarini buzishga qonuniy ruxsat berildi

AQSh mudofaa vazirligi Pentagonning rasmiy saytlarini kibermuhofaza qilish bo‘yicha birinchi pilot loyihalariga start berilganini xabar berdi, deyiladi Reuters agentligining e'lonida. Bu AQSh federal hukumatining tarixidagi tarmoqlar xavfsizligini ommaviy sinash bo‘yicha birinchi tajribasi hisoblanadi.

Loyiha aprel oyida boshlanib, Hack the Pentagon nomi ostida tashqi programmistlarni jalb etib, Pentagon rasmiy saytlarning nozik tomonlarini topishni maqsad qilib olindi. Loyiha “bug bounties” ko‘rinishidagi bellashuv asosida bo‘lib o‘tadi. Bunday usul IT-sanoatining tijoriy yo‘nalishida mashhur bo‘lib, uni AQSh hukumati esa birinchi marta qo‘llab qo‘rishni rejalashtirgan.

Ularning maqsadi qonunbuzarlardan oldin nozik tomonlarni topib, ularni bartaraf etishdan iborat. Bundan tashqari, saytlar va tarmoqlar nozik tomonlarini topib bergan programmistlarga pulli sovrinlar va'da qilingan.

Qatnashuvchilar AQSh fuqarolari bo‘lishlari va shu yerda istiqomat qilishlari shart. Barcha arizalar tekshirilib chiqiladi, hattoki ularning tarjimai hollari ham o‘rganilib chiqiladi. AQSh mudofaa vaziri Eshton Karterning aytishicha, ular Google va Shopify jamoasidigi mutaxassislardan Hack the Pentagon loyihasiga “jalb” etilgan.

Top