07:04 / 03.03.2016
6292

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi

AQSh prezidenti Barak Obama Ukrainadagi vaziyat sababli Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi, deb aytilmoqda Oq uy xabarida.   

Ta'kidlanishicha, Rossiyaning avvalgi farmonlarda aytilgan harakatlari va siyosati davom etmoqda va AQShning milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga favqulodda xavf solmoqda.  

"Men 13660-farmonda e'lon qilingan favqulodda vaziyatni bir yilga uzaytiraman", deyilmoqda Obama farmonida.

O‘tgan yil oxirida AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini e'lon qildi. Hammasi bo‘lib ro‘yxatga 34 nafar jismoniy va yuridik shaxs kiritilgan.

Ushbu ro‘yxatga, jumladan, VTB va Sberbankning xorijda ishlaydigan bo‘limlari, nodavlat pensiya jamg‘armalari va VTB24 banki ham kiritilgan.

Top