15:03 / 03.03.2016
2131

Danilo Pantich: «Chelsi»ga qaytishni istayman. «Vitess»da serblarni yoqtirishmas ekan»

Gollandiya chempionati ishtirokchisi bo‘lmish «Vitess» jamoasi safida ijara asosida o‘ynab kelayotgan futbolchi, transfer huquqi «Chelsi» jamoasiga tegishli bo‘lgan serbiyalik yosh futbolchi Danilo Pantich o‘zining o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotganidan shikoyat qildi.

«Men hozir faqat «Chelsi»ga qaytishni istayapman. U yerda hech bo‘lmasa mashg‘ulotlarda qatnashardim. Agar meni yaxshi futbolchi deb bilmasa, «Vitess»dagilar meni nega chaqirishganini tushunmayapman.

Balki, ularga shunchaki serblar yoqmas? Bu yerda Nemanya Matich ham o‘ynab keta olmagandi, Urosh Jurjyevich bilan ham xuddi shunday bo‘lgandi», — deydi Pantich.

Top