18:51 / 03.03.2016
3695

«Everton»ning yangi xo‘jayini Rossiya chempionatida ishtirok etuvchi futbolchini xarid qilmoqchi

Asli eronlik bo‘lgan milliarder, «Everton»ning 49,9 foizlik aksiyalarini xarid qilgan Farhod Moshiriy transferlar uchun sezilarli darajada katta mablag‘larni sarflamoqchi. Bu haqda Tehran Times xabar tarqatgan.

Manbaning yozishicha, ushbu tadbirkor tarkibni kuchaytirish uchun yozda 100 mln funt sterling ajratmoqchi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda Rossiyaning «Rostov» jamoasi a'zosi bo‘lmish eronlik yosh hujumchi Serdar Azmunni Angliyaga olib o‘tish milliarderning asosiy maqsadlaridan biri.

Ma'lumot uchun, 21 yoshli ushbu hujumchi joriy mavsumning birinchi davrasida 13ta o‘yin o‘tkazgan va 3ta gol urgan.

«Everton»ni Alisher Usmonovning hamkori sotib olishi ma'lum bo‘ldi

Alisher Usmonovning biznes-hamkori "Everton"ning 49,9 foiz aksiyasini sotib oldi

Top