17:17 / 03.03.2016
3058

Google ovoz yordamida xarid qilish xizmatini ishga tushirdi

Google kontaktsiz to‘lov — Hands Free xizmatini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda kompaniya blogida xabar berilgan.

Dasturni iOS va Android tizimidagi telefonlarga o‘rnatish va undan foydalanganda “Men Google yordamida to‘lovni amalga oshirmoqchiman”, degan jumlani aytib, to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Identifikatsiya foydalanuvchining fotosurati orqali ham amalga oshiriladi. Smartfon Wi-Fi yoki Bluetooth orqali kassa terminaliga ulanadi, foydalanuvchi zarur jumlani aytadi, shundan so‘ng sotuvchi xaridorning surati yordamida xaridni tasdiqlaydi.

Ayni damda xizmat San-Frantsiskoning bir qator restoranlarida, jumladan, McDonald's va Papa John's da sinovdan o‘tkazilmoqda.

Top