18:41 / 03.03.2016
6403

Istanbulda politsiya mahkamasiga hujum qilgan jangari ayollar o‘ldirildi

3 mart kunining ikkinchi yarmida Istanbul shahridagi Bayramposho tumanida joylashgan politsiya mahkamasiga granata va to‘pponchalar bilan qurollangan holda hujum qilgan va bir politsiyachini yaralagan 2 ayol o‘tkazilgan maxsus amaliyot davomida yo‘q qilindi.

Ular voqea joyidan ketib, shaharning boshqa qismidagi binoda yashirinib olgan va politsiya bilan otishmani davom ettirgandi.

Anadolu axborot agentligi ma'lumotiga ko‘ra, bu ayollar "Milliy-ozodlik inqilobiy fronti partiyasi" nomli radikal-ekstremistik guruh a'zolari bo‘lishgan.

Bu partiya 1978 yilda tashkil etilgan va markscha-lenincha g‘oyalarni targ‘ib etib keladi. Bundan oldinroq, Turkiya hukumati bu partiyani bir qator teraktlar ijrochiligida ayblagandi. Xususan, bu tashkilot 2013 yilning fevralida AQShning Anqaradagi elchixonasiga hujum uyushtirgan va xodimlarni o‘ldirgan. Bundan tashqari, 2015 yilning martida bu tashkilot a'zosi Istanbulda prokuror Salim Kirozni garovga olgan, so‘ng o‘ldirgan.

Istanbul politsiyasi ikki terrorchi ayol yashiringan binoni shturm qildi

Top