13:34 / 03.03.2016
2350

Qozog‘iston parlamenti Kaspiy dengizini himoya qilish bayonnomasini ratifikatsiya qildi

Qozog‘iston parlamentining senati (yuqori palatasi) Kaspiy dengizi neft tufayli ifloslangan taqdirda mintaqaviy tayyorgarlik, unga bo‘lgan munosabat va hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnomani ratifikatsiya qildi. Bu haqda “Novosti-Kazaxstana” xabar bermoqda.

Mamlakat senatining xulosasiga ko‘ra, bayonnoma dengizga neft qo‘yilib ketgan taqdirda, unga qarshi Kaspiy dengizi atrofida joylashgan mamlakatlarning o‘zaro hamkorlikda harakat qilishini ifodalaydi.

Ushbu bayonnoma 2011 yilning 12 avgustida Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tgan anjumanda Kaspiy dengizi atrofida joylashgan mamlakatlar — Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston va Rossiya tomonidan imzolangan.

Top