21:34 / 03.03.2016
5254

Qozog‘istonliklarga uylarining old tomonidan konditsioner va antennalarni olish majburlab qo‘yilmoqda

Qozog‘istonliklar arxitektura va shaharsozlik bo‘limlaridan shaharlarning muhim ko‘chalarida joylashgan uylarning old tomonlaridan konditsionerlar va sun'iy yo‘ldoshlar antennalarini demontaj qilish so‘ralgan ogohlantirish maktublari ola boshladilar, deb xabar bermoqda Zakon.kz nashri.

Amaldorlar bu talablarini Qozog‘iston iqtisodiyot vaziri tomonidan imzolangan buyruq bilan asoslamoqdalar.

Hujjatga ko‘ra, binolar, inshootlarning arxitekturaviy uslubini buzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, shaharlarning magistral va tranzit ko‘chalarida joylashgan ko‘p xonadonli turar-joy binolari, tarixiy-madaniy meros obektlarining old tomonlarida, arxitektura detallari ustidan, bezak elementlari, arxitekturaviy-dekorativ bezak ustidan konditsionerlar va su'niy yo‘ldosh antennalari, ruxsatnomaga ega bo‘lmagan aloqa operatorlariga tegishli antennalar joylashtirish taqiqlanadi.

Ogohlantirish maktublarida agar obodonchilik qoidalari buziladigan bo‘lsa, ya'ni konditsionerlar va litsenziyasiz antennalarni yechishdan bosh tortish uchun katta miqdorda jarimalar ko‘zda tutilgan.

Misol uchun, bunday qoidabuzarlik uchun jismoniy shaxslar 20 ta minimal ish haqi (42420 tanga), kichik tadbirkorlik sub'yektlari yoki notijorat tashkilotlari 30 ta minimal ish haqi (63 630 tanga), o‘rta tadbirkorlik sub'yektlari 40 ta minimal ish haqi (84 840 tanga), yirik tadbirkorlik sub'yektlari 100 ta minimal ish haqi (212 100 tanga) qiymatida jarimaga tortilishi mumkin.

Agar qoidabuzarlik yil davomida yana takorlanadigan bo‘lsa, jarimalar yanada kattaroq qiymatda undiriladi.

Top