10:42 / 03.03.2016
2559

Toshkentda dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi boshlandi

Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” sport majmuasida dzyudo kurashi bo‘yicha mamlakat chempionati boshlandi. Bu yilgi musobaqada jami 392 nafar dzyudo ustasi 14 vazn toifasida g‘oliblik uchun bellashadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bergan.

2 mart kuni mamlakat chempionatining birinchi kuni yuqori vazndagi erkaklar va ayollar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar nomi ma'lum bo‘ldi.

Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida Sharofiddin Boltaboyev (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, -81 kg.), Muhammadkarim Xurramov (Samarqand, -91 kg), Erkin Doniyerov (Buxoro, -100 kg) va Shuhrat To‘raboyev (Toshkent) o‘z vaznlarida oltin medalga sazovor bo‘lishdi.

Xotin-qizlar musobaqasida Muhayyo Ibragimova (Xorazm) va Umida Saidova (Navoiy)ga teng keladigan raqib topilmadi.

Bugun erkaklar o‘rtasida – 60 kg, - 66 kg, - 73 kg, va mutloq vaznda, ayollar o‘rtasida esa - 48 kg, - 52 kg, - 57 kg va - 63 kg. vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma'lum bo‘ladi. Saralash musobaqalari 10:00da, final bellashuvlari esa 17:00da boshlanadi.

Top