20:04 / 03.03.2016
3511

Vasiliy Utkin Eurosport telekanalidan ish topdi

Shu yilning yanvarida «Match» teleholdingidp shtatdan chiqarilgan rossiyalik taniqli sport sharhlovchilari Vasiliy Utkin va Aleksandr Yelagin Eurosport telakanalida sharhlovchi sifatida ish boshlashadi.

Eurosport matbuot xizmatining xabar berishicha, telekanal ushbu mutaxassislar bilan shartnoma imzolagan, ular MLS (AQSh va Kanada futbol ligasi)ning yangi mavsumidagi o‘yinlarni sharhlab borishadi.

«Vasiliy Utkin Eurosport 2 kanalida ilk marta MLS chempionati doirasidagi «Nyu-York Siti» – «Toronto» bahsini (13 mart kuni) sharhlash orqali debyut qiladi. U o‘sha kuni «Filadelfiya Yunion» – «Nyu-Inglend Revolyushn» bahsini ham sharhlaydi.

Aleksandr Yelagin 6 mart kuni soat 21:30da Eurosport 1 orqali mavsumning ochilish o‘yinini sharhlaydi. Bu o‘yinda «Nyu-York Red Bullz» va «Toronto» bellashadi», – deyiladi telekanal matbuot xizmati xabarida.

Utkin va bir qator sharhlovchilar «Match TV» kanalining shtatdagi xodimlari ro‘yxatidan chiqarildi

Utkin «Match TV» telekanalidan ketdi

Vasiliy Utkin: «Match TV»dan ishdan bo‘shatilishimga «Bayyer» va «Barselona» o‘yini vaqtida uxlab qolganim sabab bo‘lgan

Vasiliy Utkin o‘z tvitteri orqali ham yangi ishga joylashgani haqida ma'lumot qoldirgan.

Top