15:26 / 03.03.2016
2570

Venesuela mamlakatdagi non tanqisligi sabab 50 ming tonna don sotib oldi

Venesuela hukumati ichki bozorda non va non mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshib ketgani tufayli 50 ming tonna don sotib oldi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

«Mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsuloti bilan ta'minlash maqsadida 50 ming tonna don sotib olganimizni tasdiqlaymiz», — deb yozdi mamlakat oziq-ovqat vaziri Rodolfo Marko Torres o‘z tvitterida.

Ma'lum qilinishicha, Venesuelada non tanqisligi so‘nggi paytlarda ancha sezilarli ravishda ortib ketgan. Bunga turli sabablarni ko‘rsatishmoqda. Masalan, mamlakatning ayrim hududlarida non va non mahsulotlarini sotishdagi cheklovlar mahsulotning narxini oshib ketishiga sabab ham bo‘lgan.

Top