10:33 / 04.03.2016
4472

FVV, Vivaldi, Odnoklassniki.ru, mikrofon, Lendon Donovan. Ularni nima birlashtiradi?

4 mart—Joriy taqvim bo‘yicha 2016 yilning 63-kuni.

Voqealar:

1996 yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topdi.

1993 yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom avlod uchun” ordenini ta'sis etish to‘g‘risida”gi Farmoni e'lon qilindi.

1998 yil. Toshkentda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi ochildi.

1789 yil. AQShda Konstitutsiya kuchga kirdi; Nyu-Yorkda AQShning birinchi kongressi ish boshladi.

1877 yil. Amerikalik ixtirochi Emil Berliner mikrofonni kashf etdi.

1955 yil. Yaponiyaning «Soni» kompaniyasi tranzistorli cho‘ntak radiopriyomnigini ommaga namoyish etdi.

2006 yil. «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i ishga tushdi.

BUGUNGI SANADA TUG‘ILGANLAR:

1678 yil—taniqli italyan kompozitori va dirijyori Antonio Vivaldi,

1925 yil—fransuz kompozitori Pol Moria,

1951 yil—shotland futbolchisi va murabbiyi Kenni Dalglish,

1979 yil—rossiyalik futbolchi, darvozabon Vyacheslav Malafeyev,

va 1982 yil—AQShlik futbolchi Lendon Donovan 4 mart sanasida tavallud topgan.

Top