11:42 / 04.03.2016
3217

Beeline Wi-Fi xizmati o‘quv maskanlarida ishga tushirildi

Aloqa operatori Beeline Wi-Fi xizmati quyidagi o‘quv maskanlarida ishga tushirilgani haqida xabar beradi.

– Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti;
– Benkov nomidagi respublika rassomlik kolleji;
– Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;
– Toshkent agrar universiteti.

Beeline abonentlari tezkor Internetning barcha imkoniyatlaridan soatiga $0,50 evaziga foydalanishlari mumkin. Xizmatdan foydalanish chog‘ida trafik cheklanmaydi.

Beeline‘ning avvaldan to‘lov tizimi abonentlari Wi-Fi orqali Internetga ulana oladilar. Mablag‘ bevosita balansdan yechib olinadi. Wi-Fi‘dan foydalangan paytda balansdagi Megabaytlar sarflanmaydi. Tarmoq nomi – Beeline Wi-Fi.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida va Beeline Uzbekistan mobil ilovasida.

Top