11:37 / 04.03.2016
1781

«Chelsi» Ikardi uchun kurashga qo‘shildi

«Inter» hujumchisi Mauro Ikardi yana bir top-klubning qiziqshlari doirasiga tushdi.

Corriere dello Sport nashri xabariga ko‘ra, ushbu 23-yoshli argentinalik futbolchini Angliyadagi «Manchester Yunayted»dan tashqari, «Chelsi» jamoasi ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istamoqda. Xabarda aytilishicha Yevro-2016 turniridan keyin jamoani qabul qilib oladigan italiyalik mutaxassis Antonio Konte o‘zi tuzadigan jamoada shu futbolchi bo‘lishini istamoqda.

Manbaning yozishicha, «Inter» Ikardining transferidan kamida 40 million yevro ishlab olishni istaydi.

Bundan oldinroq ushbu futbolchiga «PSJ» hamda yangi mavsumda manchesterliklar jamoasini qabul qilishi haqida aytilayotgan Joze Mourino ham ushbu futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar berilgandi.

Joriy mavsumda Ikardi Italiya A seriyasining 24 o‘yinida ishtirok etib, 11 gol urgan va 2 golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Top