08:52 / 04.03.2016
3617

Kaka: «Messi – daho, Ronaldu esa – zamonaviy futbol ikonasi»

Ayni vaqtda MLS chempiontati ishtirokchisi bo‘lgan «Orlando Siti» safida o‘ynayotgan futbolchi Kaka «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu hamda «Barselona» a'zosi Lionel Messining jahon futbolidagi o‘rni haqida gapirib o‘tdi.

«Messi – daho, Ronaldu esa – o‘z zamonasida futbol ma'budiga aylandi.

Ronaldu – juda kuchli futbolchi, to‘p bilan ikki oyog‘ida ham yaxshi muomila qila oladi va boshida yaxshi o‘ynaydi. Uning kamchiligi deyarli yo‘q va shu tufayli u o‘zida zamonaviy futbolning barcha jihatlarini mujassam etgan deyish mumkin.

Ular futbol tarixida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishganiga shubha yo‘q. Ular ikki buyuk sportchilardir.

Mening «Real»da o‘tkazgan kunlarimmi? Madridga kelib, faoliyatimda pasayish bo‘lgan degan fikrda emasman. Ha, mening «Milan»dagi holatim boshqacharoq edi, ammo men «Real»da o‘tkazilgan 4 mavsumda 120 o‘yinda ishtirok etib 29ta gol urganman va 3ta sovrin yutganman.

Madridda men jarohat tufayli va murabbiylarning qarorlari tufayli doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmaganman. Lekin bu jamoaga o‘tish katta xato bo‘lgani haqidagi fikrdan yiroqman. Men 4 yil «Real»da o‘ynaganman deya faxr bilan gapirishim mumkin», – deya Kakaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri Le Buteur saytiga asoslangan holda.

Top