09:54 / 04.03.2016
2955

«Kurash elektron qo‘llanmasi»ning taqdimoti o‘tkazildi

Milliy matbuot markazida Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan kurash sport turini yanada keng targ‘ib etish, uni o‘rgatishning zamonaviy va qulay vositalarini joriy qilish maqsadida ishlab chiqilgan «Kurash elektron qo‘llanmasi» taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Hozirgi kunga qadar kurash qoidalari, texnika va taktikasi qo‘llanmasi 50 dan ziyod tilda chop etilgan. Jahon sport jamoatchiligining kurashga qiziqishi va uni o‘rganishga bo‘lgan talabini inobatga olib, assotsiatsiya tomonidan elektron qo‘llanma loyihasi ishlab chiqildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining granti evaziga amalga oshirildi, deb xabar beradi O‘zA.

Qo‘llanmada kurash xalqaro qoidalari va usullari, kurash tarixi, etikasi, musobaqalar tashkil etish va o‘tkazish qoidalari ovozli, matnli, surat va videotasvirli tarzda o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilgan.

Hozirda 120 dan ziyod mamlakatda kurash federatsiyalari, barcha qit'alarda kurash konfederatsiyalari faoliyat yuritmoqda.

Top