09:10 / 04.03.2016
5589

Ukraina tashqi ishlar vaziri Rossiya va Ukraina bayroqlarining yonma-yon turganidan sarosimaga tushdi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Fransiya tashqi ishlar vazirligi qarorgohida bo‘lib o‘tgan "normand to‘rtligi" davlatlari vazirlarining suratga tushish marosimida Rossiya va Ukraina bayroqlarining yonma-yon turganidan sarosimaga tushib qoldi.

Ma'lum qilinishicha, fransuz tomoni avvalgi uchrashuvlar an'analarini buzgan holda, Rossiya va Ukraina bayroqlarini avvalgidek ikki chetda emas, yonma-yon joylashtirgan. Avvallari Yevropa mamlakatlari bayroqlari markazda, Rossiya va Ukraina bayroqlari esa ikki chetda joylashtirilardi.

Bu holat suratga olish boshida Klimkinning protokol fotosuratida qayerda turish borasida ikkilanishiga olib kelgan.

"Yonma-yon turishga to‘g‘ri keladi", deb aytdi bu holatga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Bu haqda muxbirlar xabar berdi.

Top