11:45 / 04.03.2016
4446

Videoxit: “ro‘zg‘orbop” it kir yuvishni o‘rgandi

Norvegiyada g‘aroyib ishlar sodir bo‘lyapti desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Uy egasi o‘z itiga g‘aroyib vazifani — kir yuvishni o‘rgatdi. Bu haqda Novoston xabar bermoqda.

Goril Elis Xoff Olsen internetda bir video joylashtirdiki, unda Champis deb nomlangan itni ro‘zg‘or ishlarida o‘z xo‘jayiniga qanday qilib yordam berayotganligining guvohi bo‘lish mumkin. It kir yuvish mashinasiga kirlarni joylashtirishi, ular toza bo‘lgach esa, kirlarni u yerdan olishi mumkin.

Jonivorga kir yuvish mashinasi qanday qilib kirlarni yuvishini tomosha qilish yoqadi. Bundan tashqari Champis ort oyoqlarida turgancha mashinani o‘chirib yoqadi.

Top