07:58 / 04.03.2016
3351

Yaponiya politsiyasi yakudza ishtirokidagi voqealardan keyin nazoratni kuchaytirdi

Yaponiya politsiyasi bir hafta ichida yakudza mafioz guruhlari bilan bog‘liq bir nechta ko‘ngilsiz voqea yuz bergani sababli yuqori tayyorgarlik holatiga keltirildi. 4 martda NHK telekanalining ma'lum qilishicha, huquq-tartibot muassasalari bir qator prefekturalarda, jumladan Kanagavu, Nagano, Saytamu, Sidzuoku va Tokioda patrullar sonini oshirgan.

Kuchaytirilgan xavfsizlik choralarining kiritilishi 25 fevraldan 3 martgacha Yaponiyada bir-biriga adovatda bo‘lgan "Yamaguti-gumi" va undan ajrab chiqqan "Kobe Yamaguti-gumi" mafioz guruhlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan bog‘liq sodir etilgan 9 ta holat bilan bog‘langan. Bir necha voqealarda bir guruh mafiozlari mashinalarda raqib guruh a'zolarining uylari eshiklariga borib urilgan yoki ularni o‘qqa tutgan.

Bu holat bir qator hududlarda politsiyachilar bolalarni maktabgacha kuzatib qo‘yishiga olib keldi.

Yaponiya politsiya boshqarmasida ma'lum qilinishicha, Yaponiyadagi eng yirik mafioz guruhi "Yamaguti-gumi"ning a'zolari soni o‘tgan yil davomida 10 mingga qisqarib, 14,1 ming jangchini tashkil qilgan. Bu birinchi navbatda guruh ichidagi ixtilof bilan bog‘langan. Buning natijasida yangi "Kobe Yamaguti-gumi" guruhi tashkil topdi. Yangi guruh a'zolarining soni 6 mingga yaqinni tashkil qildi va mamlakatdagi qudratligi bo‘yicha 3-raqamli to‘daga aylandi.

"Yamaguti-gumi" guruhiga o‘nlab mayda to‘dalar kiradi. 1980 yilda ham guruh ichida ixtilof yuz bergandi. O‘shanda bu o‘limlar va jarohat olishlar bilan yakunlangan deyarli 300 ta ko‘ngilsiz voqeaning sodir bo‘lishiga olib kelgan.

Top