12:09 / 05.03.2016
2535

Bangkokda qayiq portlashi natijasida 52 kishi jabrlandi

Bangkokdagi yo‘lovchi qayig‘ida sodir bo‘lgan portlash natijasida 52 kishi jabrlandi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ma'lum qilishlaricha, qayiqning dvigateli portlab ketgan.

Aniq ma'lumotlarga ko‘ra, qayiqda jami 70 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Ayni damdagi xabarlar qurbonlar yo‘qligini tasdiqlamoqda. Voqeaning butun tafsilotlarini o‘rganish jarayoni davom etmoqda.

Top