20:00 / 05.03.2016
17126

Kun hazili: Leonardo Di Kaprio "Majnun" filmi haqida fikr bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda yaqinda uzoq kutilgan "Omon qolgan" filmi uchun "Oskar" mukofotini olgan aktyor Leonardo Di Kaprio mukofot olish vaqtida sahnada Jahongir Ahmedovning "Majnun" filmi haqida fikr bildirgan video tarqaldi. Biroq haqiqat shundan iboratki, bu video ba'zi "xayolparast" va "ijodkor shaxslar" tomonidan hazilomuz tarzda yaratilgan.

Videoda aktyor nomidan "Majnun" filmi haqida hamda bosh rol ijrochisi Ulug‘bek Qodirov haqida "iliq fikrlar bildiriladi" va barcha bu filmni ko‘rish uchun Toshkentga "taklif etiladi".

"Sizlarda taklifnoma yo‘qmi? Menda bor. Hammaga yetadi. Hammamiz birga Toshkentga boramiz", – deydi "Oskar" sovrindori. 

Top