09:31 / 05.03.2016
4568

Polsha prezidenti yirik avtomagistralda yo‘l-transport hodisasiga tushdi

Polsha prezidenti Andjyeya Dudaning avtomobili Polshaning janubidagi yirik avtomagistral chetidagi qiyalikka tushib ketdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

"Mashina boshqaruvi yo‘qotilib, yo‘l chetidagi qiyalikka tushib ketdi, hech kim jabr ko‘rmadi", deb aytdi Duda TVN24 telekanali efirida. Uning aytishicha, "nazariy jihatdan bu bo‘lishi kerak emas edi".

Ta'kidlanishicha, bu voqea BMW avtomobilining g‘ildiraklaridan biri teshilgani sabab yuz bergan bo‘lishi mumkin.

Polsha ichki ishlar vaziri prezident mashinasi muntazam tekshirib turilganini aytdi. "Mashinadan bir necha yil foydalanilgan, bu voqea bo‘lishi mumkin emas edi, biroq u bo‘ldi", deb aytdi u TVN24 telekanaliga.

Polsha politsiyasi voqeani tergov qila boshladi. Ta'kidlanishicha, Duda o‘z yo‘lini boshqa mashinada davom ettirgan.

Top