10:01 / 05.03.2016
2309

SpaceX beshinchi urinishda Falcon 9 raketasini uchirdi

AQShning SpaceX kompaniyasi bortida SES-9 sun'iy yo‘ldoshi bo‘lgan Falcon 9 raketa-tashuvchisini fazoga uchirdi, deb ma'lum qilinmoqda kompaniya tviterida.

Raketa Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi AQSh harbiy-havo kuchlari kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 18.35 da uchirilgan.

Raketa og‘irligi 5,3 ming kg keluvchi SES-9 kommunikatsion yo‘ldoshini orbitaga olib chiqishi kerak. Sun'iy yo‘ldosh Boeing Satellite Systems kompaniyasi tomonidan qurilgan va 15 yil ishlashga mo‘ljallangan.

Avvalroq raketaning parvozi 4 marotaba turli sabablarga ko‘ra qoldirilgan edi. Oxirgi marta raketa uchirilishi 1 mart kuni kuchli shamol tufayli qoldirilgandi.

Top