00:53 / 05.03.2016
2341

Teodor Teodoridis UYeFAning vaqtinchalik bosh kotibi etib tayinlandi

Teodor Teodoridis UYeFA bosh kotibi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi. Tegishli qaror UYeFAning ijroiya qo‘mitasida qabul qilindi.

Avvalroq UYeFA Teodoridisni tashkilot bosh kotibi lavozimiga taklif qilgandi. Bungacha 50 yoshli grek UYeFA bosh kotibi o‘rinbosari lavozimini egallab kelayotgan edi. Uning nomzodi may oyida o‘tkaziladigan UYeFA kongressida tasdiqlanishi kerak.

Teodoridis tashkilotda 2008 yildan ishlab keladi hamda asosan Yevropa davlatlarining milliy futbol uyushmalari bilan hamkorlik bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, UYeFAning endilikda sobiq bosh kotibi Janni Infantino FIFAning yangi prezidenti etib saylangandi.

Top