10:34 / 05.03.2016
2568

Xitoy yangi beshinchi yillikda o‘z oldiga har yillik YaIM o‘sishini ta'minlashni vazifa qilib qo‘ydi

Xitoy yangi besh yillikda mamlakat yalpi ichki mahsuloti o‘sish darajasini har yili 6,5 foiz yoki undan yuqori ta'minlashni niyat qilmoqda. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan mamlakatning qonun chiqaruvchi yuqori tashkiloti bo‘lmish parlament sessiyasida kelgusi besh yillikda Xitoyni iqtisodiy rivojlantirish maqsadida yangi reja taqdim etilgan.

Ma'lum bo‘lishicha Xitoy hukumati ham iqtisodiy o‘sish uchun xizmat ko‘rsatish sohasiga investitsiya yo‘naltirishni maqsad qilgan.

Sessiyada 13-besh yillikda mamlakatni 2016 yildan 2020 yilga qadar iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish rejasi taqdim etilgan. Hujjatning yakuniy versiyasi Butunxitoy xalq vakillarining kengashiga (parlament) ikki hafta ichida taqdim etilishi kerak.

Top