23:48 / 06.03.2016
3492

Angliya Premer-ligasi, 29-tur: "Vest Bromvich" "MYu"ni, "Liverpul" "Kristal Pelas"ni yutdi

Angliya Premer-ligasining 29-turida "Vest Bromvich" o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni Salomon Rondon 66-daqiqada o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. 

Uchrashuning 1-bo‘limidayoq 2 ta sariq kartochka uchun mankunianliklar yarimhimoyachisi Xuan Mata maydondan chetlatildi.

Lui van Gal shogirdlari 29 ta turdan keyin 47 ochko bilan 6-o‘rinni egallamoqdalar, "Vest Bromvich" esa 39 ochko to‘plab, 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Angliya Premer-ligasi. 29-tur
Vest Bromvich Albion – Manchester Yunayted – 1:0
Gollar: Rondon, 66 (1:0).
Chetlatish: Mata, 26 (MYu)

Shuningdek, yana bir uchrashuvda "Liverpul" mehmonda "Kristal Pelas" bilan uchrashdi va 1:2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

Maydon egalari 2-bo‘lim boshida Jozef Ledli goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldilar. 62-daqiqada mersisaydliklar 10 kishi bo‘lib qoldilar, maydondan Jyeyms Milner chetlatildi. Biroq shunga qaramay, liverpulliklar o‘yinni o‘z foydalariga hal qildilar. 72-daqiqada Roberto Firmino hisobni tenglashtirdi, qo‘shimcha vaqtda esa mehmon jamoa penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi va uni Kristian Benteke bexato amalga oshirdi.

Ayni vaqtda "Liverpul" 44 ta ochko bilan 7-o‘rinni, "Kristal Pelas" esa 33 ochko bilan 15-o‘rinni egallamoqda.

Kristal Pelas – Liverpul – 1:2
Gollar: Ledli, 48 (1:0); Firmino, 72 (1:1); Benteke, 90+6 (1:2, pen).
Chetlatish: Milner, 62 (Liverpul).

Top