01:02 / 06.03.2016
7767

Krishtianu Ronaldu Ispaniya Primerasi to‘purarlari ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya Primerasining 28-turida "Selta"ga qarshi uchrashuvda poker amalga oshirib, o‘zining Primeradagi gollari sonini 252 taga yetkazib qo‘ydi. Uchrashuv 7:1 hisobi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, portugaliyalik futbolchi Ispaniya Primerasi to‘purarlari ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Bu borada “Barselona” hujumchisi Lionel Messi yetakchilik qilmoqda, uning hisobida 305 ta gol bor. Biroq argentinalik futbolchi Ispaniya chempionatida Ronalduga qaraganda 109 ta o‘yin ko‘proq o‘tkazgan.

Top