17:35 / 06.03.2016
1797

Lui van Gaal: «Manchester Yunayted» o‘tgan yildagiga qaraganda yaxshiroq o‘ynamoqda»

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal «Manchester Yunayted»ga qarshi Angliya chempionatining 29-turida joy olgan bahs arafasida jurnalistlarga intervyu berdi.

«Menimcha, «MYu» o‘tgan yilgiga nisbatan yaxshiroq o‘ynamoqda. Afsuski, tinimsiz jarohatlar barqaror o‘yin ko‘rsatishimizga xalal beryapti.

O‘tgan yili ham jarohatlar kam emasdi. Balki bunga mashg‘ulotlarning to‘g‘ri olib borilmagani sabab bo‘lgandir.

Bu yil o‘yinlar ko‘proq bo‘ldi. Joriy mavsumda 14-15 futbolchi jarohatlar olishdi. Lekin jiddiy jarohatlar kuzatilmadi. Demak ish to‘g‘ri olib borilmoqda.

Umid qilamanki, mavsum yakunida biz YeChL yo‘llanmasiga ega bo‘lamiz”, — deydi gollandiyalik murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, «Vest Bromvich» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi bugun, Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Top