17:20 / 06.03.2016
2707

O‘zbekistonlik dzyudochilar Rio-de-Janeyrodagi turnirda sovrindor bo‘lishdi

5-6 mart kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida dzyudo bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Xalqaro Gran-pri musobaqasida O‘zbekiston vakillaridan Nigmatov O‘tkir -66 kg vaznda 2012 yil paralimpiya uyinlari chempioni, 2014 yil jaxon chempioni ukrainalik Xorava Davidni final bahsida mag‘lub etib, oltin medalni qulga kiritdi. Sharipov Shirin (+100 kg.) bronza, ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda esa Sallayeva Sevinch (-52 kg.) kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Mazkur musobaqada 20ga yaqin davlatdan 250dan ortiq sportchilar ishtirok etishdi.

Top