18:49 / 06.03.2016
2705

Yurgen Klopp: «Bizda «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda ko‘zimiz qonga to‘lgan holda o‘ynash uchun 500ta sabab bo‘ladi»

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya chempionatining 29-turida «Kristal Pelas»ga qarshi kechadigan safar bahsi arafasida jurnalistlar bilan gaplashdi.

«Sportda g‘azabdan ham foydalanish mumkin. Biz «Kristal Pelas»ga qaqshatqich tarzda javob zarbasi berishni istaymiz. Bu o‘yinga ko‘zimiz qonga to‘lgan holda tushish uchun sabablar juda ko‘p.

Bu jismonan tomondan yaxshi tayyorgarlikka ega kuchli jamoa. Dastlabki 5 daqiqada ular bizning g‘azabimizni qo‘zg‘aydigan 500ta sababni yuzaga keltirishlari mumkin», – deydi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, mavsumning birinchi davrasida «Kristal Pelas» safar o‘yinida «Liverpul»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib qaytgandi.

Top