09:07 / 07.03.2016
2330

Benites Angliyaga qaytishi mumkin

«Nyukasl» jamoasi rahbariyati Stiv Maklarenni bosh murabbiylik lavozimidan ozod etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Rahbariyat uning o‘rniga nomzod sifatida «Manchester Yunayted»ning sobiq murabbiyi Devid Moyyes nomini tilga olmoqda.

Bundan tashqari, «Real»dan ketganidan keyin ishsiz bo‘lib turgan Rafael Benites ham jamoa qiziqishlari doirasida turibdi.

Shuningdek, Brendan Rodjyers hamda Naydjyel Pirson ham «Nyukasl»ning yangi murabbiyiga aylanishi mumkin bo‘lganlar qatorida.

Ayni vaqtda «Nyukasl» 28 tur o‘yinlaridan keyin, 24 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalining 19 o‘rnida qolmoqda.

Top