08:55 / 07.03.2016
2311

Eron neft tankeri sanksiyalar bekor qilingandan keyin Yevropaga birinchi marta neft yetkazdi

Monte Toledo neft tankeri Erondan sanksiyalar bekor qilingandan keyin bu davlatdan Yevropaga birinchi marta neft yetkazib berdi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.

Kema bortida 1 mln barrel neft xom ashyosi bo‘lib, u Ispaniyaning Alxesiras shahridagi CEPSA kompaniyasining zavodida tushirib olindi.

Ta'kidlanishicha, Erondan Yevropaga yo‘l bor-yo‘g‘i 17 kun oldi, sanksiyalarni bekor qilish uchun esa 4 yil talab qilingan.

Top