07:23 / 07.03.2016
3486

Ispaniya chempionati, 28-tur: "Barselona" va "Atletiko" navbatdagi g‘alabalarni qo‘lga kiritdi va turning boshqa natijalari

Ispaniya chempionatining 28-turida “Barselona” mehmonda "Eybar"ga 4 ta javobsiz to‘p kiritdi. Uchrashuvning 8-daqiqasidayoq Munir Al-Haddodiy gol urdi. Lionel Messi 41- va 76-daqiqalarda to‘p kiritib, dubl qayd qildi. O‘yindagi yakuniy hisobni 84-daqiqada Luis Suares o‘rnatdi.

Shu tariqa Luis Enrike shogirdlari barcha musobaqalarda 36 ta o‘yindan beri ketma-ket mag‘lubiyatsiz o‘ynamoqdalar. "Barselona" 72 ochko bilan 1-o‘rinni egallamoqda.

Ispaniya Primerasi. 28-tur

Eybar – Barselona – 0:4

Gollar: Al-Haddodiy, 8 (0:1); Messi, 41 (0:2); Messi, 76 (0:3, pen); Suares, 84 (0:4).

Turning yana bir uchrashuvida "Atletiko" mehmonda "Valensiya" bilan uchrashdi va 1:3 hisobida g‘alabaga erishdi.

"Valensiya" tarkibida ijara asosida o‘ynayotgan "Real"ning rossiyalik yarimhimoyachisi Denis Cherishev "ko‘rshapalaklar"ning yagona to‘pini kiritdi. "Matraschilar" safida Antuan Grizmann, Fernando Torres va Yannik Ferreyra-Karrasko o‘z hisobiga bittadan to‘p yozib qo‘ydi.

Ayni damda "Atletiko" 64 ochko bilan 2-o‘rinni, "Valensiya" esa 34 ochko bilan 11-o‘rinni egallamoqda.

Valensiya – Atletiko M – 1:3

Gollar: Grizmann, 24 (0:1); Cheryshev, 28 (1:1); Torres, 72 (1:2); Ferreyra-Karrasko, 85 (1:3).

Chetlatish: Santos, 80 (Valensiya).

Turning qolgan uchrashuvlari quyidagicha yakunlandi:

Betis – Granada – 2:0

Gollar: N'Diayye, 85 (1:0); Kastro, 90+5 (2:0).

Chetlatish: Vargas, 53 – Fernandes, 90+3.

Sporting Xixon  – Atletik B – 0:2

Gollar: Benyat, 27 (0:1); de Markos, 59 (0:2).

Chetlatish: Laport, 74 (Atletik)

Top