16:43 / 07.03.2016
7581

Orel viloyatida qotil-enaga qurboni bo‘lgan qizchaning dafn marosimi o‘tkazildi

6 mart kuni Rossiyaning Orel viloyati hududida o‘z enagasi tomonidan o‘ldirilgani gumon qilinayotgan 4 yoshli qizchaning dafn marosimi o‘tkazildi. Bu haqda «Russkoy slujbe novostey» xabar tarqatgan.

Jabrdiyda oilaning do‘sti Andrey Mishenkovninng aytishicha, Orel qizchaning ota-onasi tug‘ilib o‘sgan yurt hisoblanadi. U xayrlashuv marosimida begonalar bo‘lmagani, faqat oila do‘stlari va qarindoshlari ishtirok etgani haqida ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq, qizchaning o‘limida gumon qilinib qo‘lga olingan o‘zbekistonlik muhojir Gulchehra Boboqulovaga dastlabki ayblov qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

Top