08:15 / 07.03.2016
3555

Ozarbayjon neft qazib olishni muzlatgan davlatlar qatoriga qo‘shildi

Ozarbayjon OPeKka a'zo davlatlarning neft qazib olishni muzlatish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi SOCAR’ning boshlig‘i Ravnaq Abdullayev mahalliy telekanalga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Biz bu pozitsiyaga qo‘shilamiz. Biz neft qazib olishni 2016 yilda muzlatmoqchimiz va uni shu darajada qoldirmoqchimiz. Biz neft qazib olishni oshirish bo‘yicha loyihalarni to‘xtatdik", deb aytdi Abdullayev.

Uning aytishicha, Ozarbayjonda neft qazib olish hajmi avvalgi yildagidan ko‘p bo‘lmaydi.

Top