15:35 / 08.03.2016
10890

Boston marafonidagi portlashdan omon qolgan talaba qiz Dubayda YTH qurboni bo‘ldi

2013 yilning 15 aprelida Bostondagi marafon vaqtida ro‘y bergan teraktdan omon chiqqan talaba qiz 2016 yilning 7 mart kunida Dubay shahrida yuz bergan avariya natijasida halok bo‘ldi.

CNN tomonidan ma'lum qilinishicha, Shimoliy Boston universitetida talaba bo‘lgan Viktoriya Makgrat hamda uning 2 dugonasi BAAga sayohat vaqtida yo‘l-transport hodisasiga yo‘liqib, halok bo‘lgan.

Universitet rahbariyati bu hodisa bo‘yicha ta'ziya bildirgan.

Qayd etilishicha, ushbu talaba qiz Bostondagi terakt vaqtida jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Uni davolagan shifokor ham uning o‘limidan chuqur qayg‘uda ekanini bildirgan.

2013 yilning 15 aprelida Bostondagi marafon vaqtida portlash yuz bergan, 3 kishi halok bo‘lib, 260 kishi jarohatlangandi. Terakt ijrochilari bo‘lgan aka-ukalardan kattasi Tamerlan Tsarnayev politsiyachilar tomonidan otib o‘ldirilgan, qo‘lga olingan Johar Tsarnayev esa sud orqali o‘limga hukm qilingandi.

Top