10:17 / 08.03.2016
3766

TsSKAning braziliyalik futbolchisi Rossiya fuqaroligini olmoqchi

Moskvaning TsSKA futbol klubi himoyachisi Mario Fernandes Rossiya fuqaroligini olish uchun hujjatlar topshirdi. Bu haqda 7 martda klubning bosh direktori Roman Babayev ma'lum qildi.

 "Fernandes kerakli hujjatlarni topshirdi. Masala ikki oycha hal qilinishi mumkin. Umid qilamizki, ijobiy hal qilinadi", deb aytdi Babayev.

Rossiya sport vaziri bu xabarga ijobiy munosabat bildirdi. "Fernandes fuqarolik olishga hujjatlar topshirgani yaxshi bo‘libdi, biroq men hali hujjatlarni ko‘rmadim. Istalgan vaziyatda u Yevropa chempionatida ishtirok eta olmaydi, chunki bu masalada FIFAning barcha qoidalari va me'yorlariga amal qilinishi kerak", deb aytdi Mutko.

25 yoshli Fernandes TsSKAga 2012 yil may oyida o‘tgan. U shu vaqt davomida ikki marotaba Rossiya chempioni bo‘lishga ulgurgan.

FIFA qoidalariga ko‘ra, futbolchi o‘z futbolchilik fuqaroligini almashtirishi uchun terma jamoasi uchun o‘ynamoqchi bo‘lgan mamlakatda kamida besh yil yashagan bo‘lishi lozim.

Fernandes joriy mavsumda Rossiya chempionatida 17 ta o‘yinda ishtirok etib, bir to‘p va bir golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Top