16:49 / 08.03.2016
3416

Frenk Lempard: «Agar «Lester» YeChL yo‘llanmasi bilan cheklansa ham, bu katta natija bo‘ladi»

«Chelsi» va «Manchester Siti» jamoalarining sobiq futbolchis, ayni vaqtda «Nyu-York Siti» jamoasi safida to‘p surayotgan Frenk Lempard «Lester» ko‘rsatayotgan o‘yinlardan xursandligini bildirib o‘tdi.

«Men Raneridan bir umr minnatdorman. Agar u bo‘lmaganida, menda bunday ajoyib faoliyat ham bo‘lmasdi. Ehtimol, agar u bo‘lmaganida men allaqachon boshqa sohaga o‘tib ketgan ham bo‘lardim.

«Lester»ning bu mavsumda nimagadir erishishi ayon bo‘lib ulgurgan. Agar ular APLda g‘olib chiqmasdan, kuchli to‘rtlikka kirish bilan cheklanishsa ham ularning YeChL yo‘llanmasiga ega bo‘lishi ham a'lo darajadagi natija bo‘ladi. APLda shunday ajoyib ishlar bo‘lib turadi, Ispaniya, Italiya yoki Germaniyada buning iloji yo‘q.

Ranerini bu jamoa uchun qancha maqtasak ham kam, u «Lester»ga nisbatan kishilarning hurmatini hosil qildi. U qo‘l ostidagi futbolchilarning imkoniyatlarini yuzaga chiqara oldi. Men Klaudio uchun xursandman», – deydi Lempard.

Eslatib o‘tamiz, Raneri 2005 yilgacha «Chelsi»ni boshqargan vaqtida Lempardga ustozlik qilgandi.

Top