23:14 / 08.03.2016
4690

MTV kinomukofoti uchun nomzodlar nomi ma'lum qilindi

10 aprelda Kaliforniyada bo‘lib o‘tadigan MTV Movie Awards 2016 kinomukofoti nomzodlari nomi ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Just Jared nashri.

"Yil filmi" yo‘nalishida nomzodlar orasida "Yulduzlar janglari", "Yura davri olami", "Krid: Rokki merosi", Marvel studiyasi komikslari bo‘yicha ishlangan "Dedpul" va "Qasoskorlar: Altron erasi" filmlari hamda N.W.A. rep-guruhi haqidagi biografik film "Straight Outta Compton" bor.

Eng yaxshi aktyorlar ro‘xatida Leonardo DiKaprio ("Omon qolgan" filmidagi roli uchun), Mett Deymon ("Marslik"), Rayan Reynolds ("Dedpul") va Uill Smit ("Larza") nomlari keltirilgan.

"Eng yaxshi aktrisa" yo‘nalishida mukofotni qo‘lga kiritish uchun kurashadigan nomzodlar orasida Alisiya Vikander ("Ex Machina" filmi), Sharliz Teron ("Telba Maks"), Jyennifer Lourens ("Djoy") bor.

Ta'kidlash joizki, "Yulduzlar janglari"ning yangi qismi 11 yo‘nalish bo‘yicha nomzodi qo‘yilgan.

Top