22:01 / 08.03.2016
3125

Nyu-Yorkda Joan Rouling Garri Potterni yozish vaqtida o‘tirgan stul sotuvga qo‘yiladi

AQShda Heritage Auctions auksion uyi britaniyalik yozuvchi Joan Rouling Garri Potter haqidagi ikkita birinchi kitobini yozganda o‘tirgan stul sotuvga qo‘yiladi. Bu haqda auksion uyining savdolar bo‘yicha direktori Jyeyms Gennon ma'lum qildi.

Stulning dastlabki narxi 45 ming dollarni tashkil qiladi.

"Bu stul yozuvchiga 1995 yildan 2002 yilgacha tegishli bo‘lgan, ya'ni yetti yil. Rouling bu stul va yana boshqa uchta stulni davlat yoki xayriya tashkilotidan bepul olgan", deb aytdi Gennon.

Top