17:12 / 08.03.2016
3767

Finlyandiya O‘zbekiston fuqarolaridan soliq olish tartibini o‘zgartirdi

2016 yilning 8 mart kuni Xelsinki shahrida O‘zbekiston delegatsiyasining Finlyandiyaga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Finlyandiya Respublikasi o‘rtasidagi ikkiyoqlama soliqqa tortishga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad soliqlarini to‘lashdan bosh tortishning oldini olish to‘g‘risida 1998 yilning 9 aprelida tuzilgan Bitimga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Bayonnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.

Hujjatni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev va Finlyandiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Timo Soyni imzoladilar.

Ushbu Bayonnoma bilan Bitimga soliq shaffofligi xalqaro standartlariga mos keluvchi yangi o‘zgartirishlar kiritiladi.

Top