09:48 / 08.03.2016
3916

Xalqaro tennis federatsiyasi Mariya Sharapova 12 martdan musobaqalardan chetlatilganini ma'lum qildi

Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) o‘zining rasmiy saytida rossiyalik tennischi 12 martdan musobaqalardan chetlatilishini ma'lum qildi. 

7 martda Sharapova maxsus matbuot-anjumanida yanvarda o‘tkazilgan 2016 yilgi Avstraliya ochiq chempionatida undan olingan qon namunasida taqiqlangan modda – meldoniy aniqlanganini tan oldi.   

Federatsiyada jahonning sobiq birinchi raqamli tennischisi 26 yanvarda dopingga ijobiy sinov topshirgani, 2 martda esa unga ayblov qo‘yilgani aytildi. Tennischi bu ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarilguncha 12 martdan boshlab musobaqalardan vaqtinchalik chetlatiladi.

Top