15:58 / 09.03.2016
12173

2011 yilgi zilzila tufayli Yaponiya o‘z joyidan siljiy boshlagan

2011 yil 11 mart kuni sodir bo‘lgan mamlakat tarixidagi eng kuchli zilziladan so‘ng Yaponiya sharqqa – Amerika tomonga siljimoqda.

Geografik ma'lumotlar davlat Boshqaruvining 9 mart kuni bergan ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatning asosiy oroli Xonsyu shimoli-sharqidagi Miyagi va Ivate prefekturalari hududining ba'zi joylari 10 santimetrgacha surilgan.

Osika yarim orolida maksimal – 6,4 metrlik surilish kuzatilgan.

Ayni paytda Tokio joylashgan Kanto tekisligida sharq tomonga surilish to‘xtagan, lekin Xonsyu orolining shimoli-sharqida og‘ish hamon davom etmoqda.

Top