22:36 / 09.03.2016
7538

Gollandiyalik olimlar "mars tuprog‘ida" 10 turdagi sabzavot yetishtirishdi

Vageningen universiteti va Gollandiya ilmiy-tadqiqot markazi olimlari NASA tomonidan taqdim qilingan, ko‘rsatkichlari bo‘yicha Mars sayyorasidagi va Oydagi tuproqqa maksimal darajada yaqin bo‘lgan tuproqda sabzavotlarni yetishtirish bo‘yicha ikkinchi tajribani muvaffaqiyatli o‘tkazishdi. Bu haqda olimlar guruhi matbuot-bayonotida ma'lum qilingan.

Hammasi bo‘lib olimlar o‘n turdagi sabzavot, jumladan pomidor, no‘xat, rediska, kress-salat, ismaloq, javdar bug‘doyi, kinoa, skorodu piyozi i rukkolu hosilini olishga muvaffaq bo‘ldilar. Tajriba mualliflarining aytishicha, "mars tuprog‘ida" yetishtirilgan hosil statistik jihatdan oddiy tuproqdan yig‘ib olingan hosil vazniga taxminan teng bo‘lgan.

Biroq olimlar sabzavotlarning birinchi partiyasini yeyishmagan, deb aytdi tajriba rahbari Vixer Vamlink.

"Mars tuprog‘i" qo‘rg‘oshin, margimush va merkuriy kabi og‘ir metallar, ko‘p miqdorda temir saqlaydi. Agar bu metallar o‘simlikka singisa, ular hosilga o‘tib, ularni zaharli qilishi mumkin.

Shuning uchun tajribani davom ettirish kerak. 3-tajriba hosilning xavfsiz iste'moliga bag‘ishlanadi. Tajriba 2016 yil aprelida kartoshka va loviya hosilini yetishtirishdan boshlanadi.

"Agar hosil taomlarga ishlatish uchun yetarlicha xavfsiz bo‘lsa, biz investorlarni "mars taomi" tortiladigan kechki ovqatga taklif qilamiz. Juda bo‘lmasa, buni yeyishdan qo‘rqmaydiganlarni", deb aytmoqdalar tadqiqotchilar.

Marsdagi tuproqqa o‘xshash tuproqda sabzavotlarni yetishtirish tajribasi 2015 yil aprelida boshlangan, birinchi hosil oktabrda yig‘ib olingan. O‘simliklar issiqhona sharoitida doimiy haroratda yetishtiriladi, olimlar sabzavotlar Mars va Oyda tashqi ta'sirlardan, jumladan radiatsiyadan himoya qilish zarurati tufayli shunday sharoitlarda yetishtirilishini ko‘zda tutishmoqda.

Birinchi tajribada sabzavotlarning ko‘pchiligi nobud bo‘lgan. 2-tajribada olimlar tuvaklar o‘rniga lotoklardan foydalanishgan va tuproq ichiga maydalangan yashil o‘tni qo‘shishgan, u vaqt o‘tib oziqalarga boy kompostni hosil qilgan. "Mars tuprog‘i" namunasi Gavayidagi vulqondan, "oy tuprog‘i" esa Arizonadagi cho‘ldan olingan.

Top