12:44 / 09.03.2016
6001

Qirg‘izistonda birinchisi sinf o‘quvchisi odam otib qo‘ydi

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati, Kara-Kulja tumanida birinchi sinf o‘quvchisi nogoh uchinchi sinf o‘quvchisini oyog‘idan otib qo‘ydi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma'lum qilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea Ak-Bor aholi yashash punktida sodir bo‘lgan. “2006 yilda tug‘ilgan qizcha ota-onasi bilan hamrohlikda qarindoshlarnikiga mehmonga kelishadi. O‘yin vaqtida 2008 yilda tug‘ilgan bola TOZ-32 o‘qotar qurolidan qizchani oyog‘idan otib qo‘ydi” — deyiladi matbuot xizmati bergan ma'lumotda.

“Qizcha shifoxonaga yotqizildi, shifokorlar uning salomatligini qoniqarli, deb baholashmoqda. Militsiya ma'lumotiga ko‘ra, tekshiruv ishlari boshlab yuborilgan. Qurol temir seyfda saqlanishi lozim bo‘lgan” — deya ta'kidlanadi manbada.

Top