08:01 / 09.03.2016
4633

"Real" YeChL nimchorak finalining javob uchrashuvida "Roma"ni yengib, keyingi bosqichga chiqdi

8 mart oqshomida Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan “Real” hamda “Roma” klublari o‘rtasidagi javob uchrashuvida mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qilishdi.

O‘yinning 64-daqiqasiga kelib Krishtianu Ronaldu hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi – 1:0.

Oradan 4 daqiqa o‘tar-o‘tmas Xames Rodriges Shchensni darvozasiga ikkinchi golni ham kiritdi. Hakamning final hushtgagiga qadar mazkur natija saqlanib qoldi.

Shu tariqa, “Real“ javob uchrashuvida ham ikkita to‘p farqi bilan g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Yevropa Chempionlar ligasi, 1/8 final

Real Madrid Ispaniya – Roma Italiya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 64 Ronaldu, 2:0 – 68 Xames.
Real Madrid – Navas, Danilo, Pepe, Ramos, Marselo, Kroos, Modrich (Xese, 76), Kazemiro (Kovachich, 84), Xames, Ronaldu, Beyl (Vaskes, 61).
Roma – Shchensni, Florentsi, Manolas, Zukanovich, Din, Pyanich (Venker, 46), Keyta (Maykon, 86), Salah, Perotti, El-Shaaravi (Totti, 74), Jyeko.
Ogohlantirishlar: Danilo (37), Zukanovich (76).
Dastlabki uchrashuv – 2:0.

Top