15:29 / 09.03.2016
7820

Stratfor tahliliy guruhi AQSh va Yaponiya o‘rtasida mojaro chiqishi mumkinligidan ogohlantirmoqda

Stratfor tahliliy guruhi asoschisi Jorj Fridman Business Insider nashriga bergan intervyusida Yevropada yangi urush boshlanishi hamda AQSh va Yaponiya o‘rtasida mojaro chiqishidan ogohlantirmoqda. Ekspertning fikricha, vaziyat mavjud xalqaro munosabatlar tizimida prinsipial qarama-qarshiliklar sababli keskinlashib ketishi mumkin.

Fridmanning ta'kidlashicha, Yevropa davlatlari o‘rtasida uzoq vaqtdan beri urush bo‘lmagani u yana bo‘lmasligini kafolatlamaydi.

"1815 yildan 1871 yilgacha Yevropa davlatlari o‘rtasida hech qanday turdagi urush bo‘lmagan. Keyin esa Birinchi jahon urushi bo‘lib o‘tdi", deb aytmoqda Fridman. Fridmanning fikricha, zamonaviy davrda xalqaro munosabatlarning transformatsiyalanishini ham katta urushga olib kelishi mumkin. "Hech bir asr bo‘lmaganki, qaysinda butun xalqaro munosabatlar tizimi larzaga kelmagan urush bo‘lmagan bo‘lsa. Siz bunday urush kelajakda bo‘lmasligiga bahslashishga tayyormisiz? Agar shunday bo‘lsa, men siz bilan bahs boylashga tayyorman", deb aytdi Fridman va 18 asrdagi 7 yillik urush, 19 asrdagi Napoleon urushlari va 20 asrdagi jahon urushlarini eslatib o‘tdi.

Tahlilchining fikricha, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Tinch okeanida urush yuz berishi katta ehtimoli mavjud. Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharqdagi urushlar Polsha va Turkiyaning o‘sishi va ularning Rossiya bilan ixtilofga borishi sababli yuz berishi mumkin, Tinch okeanidagi urush esa AQSh va Yaponiya o‘rtasidagi dengiz urushi bo‘lishi mumkin. Fridmanning fikricha, u yoki bu davlatning rivojlanish jarayoni emas, balki dunyodagi yangi pozitsiyalarning shakllanishiga hamrohlik qiladigan beqarorlik xavf soladi.

Stratfor AQShda 1996 yilda tashkil etilgan xususiy razvedka-tahliliy agentligi bo‘lib, u muntazam ravishda ochiq ma'lumotlar hamda o‘zining shaxsiy manbalaridan olingan ma'lumotlar asosida tuziladigan turli prognozlar chop etib boradi.

Stratfor’ning ish sifati doimo tanqidlarga uchraydi. Xususan, u shu bayonotida ham Yevropada 1815 yildan 1871 yilgacha urush bo‘lmadi deganda, 1853-1856 yillardagi Qrim urushi, 1848-1850 yillardagi Daniya-Prussiya urushi va 1866 yildagi Avstriya-Prussiya urushlarini nazardan qochirib, qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygani, ta'kidlanmoqda.

Top