18:46 / 09.03.2016
2936

The Beatles guruhi prodyuseri Jorj Martin vafot etdi

The Beatles guruhining deyarli barcha plastinkalari ustida ishlagan prodyuseri Jorj Martin 90 yoshida vafot etdi. Bu haqida “Liverpul to‘rtligi”ning sobiq barabanchisi Ringo Starr Twitter`dagi sahifasida xabar qilgan.

Uning o‘limi haqida batafsil ma'lumotlar mavjud emas.

“Jorj Martinni o‘zing asra xudoyim. Biz uni sog‘inib qolamiz. Bizga ko‘rsatgan mehring va yaxshiliging uchun katta rahmat”, - deb yozgan Ringo.

Martin The Beatles yaratgan taronalarni tijoriy foyda olish maqsadida baholamagan, balki ularni san'at asaridek ko‘rgan. Uni gohida “beshinchi bitl” deb ham atashgan. Bundan tashqari, u guruhning bir qancha mashhur taronalariga bastakorlik ham qilgan: Misol uchun, Yesterday qo‘shig‘ida struna kvartetini va A Day in the Life taronasida esa “apokaliptik” kuliminatsiyani Martin aranjirovka qilgan.

Top