17:09 / 09.03.2016
11424

To‘ti Yusupova Farmonbibi rolini qaysi aktrisa o‘ynay olishi haqida gapirdi

O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa To‘ti Yusupova “Sabo” nashriga bergan intervyusida teatr, kino va bugungi aktyorlarga o‘z munosabatini bildirdi.

“O‘ylashimcha, agar yillar o‘tib, Farmonbibini Muqaddas Xoliqova yoki Saida Rametova o‘ynamasa, hali-beri Farmonbibini o‘ynay oladigan aktrisa teatrda yo‘q. Zaynab opa bu rolini o‘zi bilan olib ketgan. Sottini Lola o‘ynashi mumkin”, deydi aktrisa. Mulohaza davomida hozirgi yoshlarning ustozlarni eshitishga vaqti yo‘qligini ham qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, suhbat chog‘ida aktrisa turmush o‘rtog‘i Mirg‘iyos Soatov muhabbatining kuchi bilan Pedagogika universitetini tashlab, o‘zi o‘qiydigan Teatr va rassomchilik institutiga hujjat topshirganini ham eslab o‘tgan.

Top